alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTDA SIMULYATSIYA O’QUV TA’LIMI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TAYYORLASH TRENINGGI” O‘TKAZILDI

12:33 07.06.2021

“TIBBIYOTDA SIMULYATSIYA BO‘YICHA TRENING MUTAXASSIS” MAVZUSIDA SEMINAR TRENING MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot instituti xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda dars jarayonlarini olib boradi. Bunda professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda talabalar ham tajriba almashadilar. Bugun Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining ikki nafar vakili institutimizda bo‘ldilar. Dastavval universitetning fundamental fakulteti Klinik modellashtirish va qo‘lda ishlash mahorati kafedrasi o‘qituvchisi Shubina Lyubov hamda Tibbiyot fakultetining fundamental fakulteti Klinik modellashtirish va qo‘lda ishlash mahorati kafedrasi o‘qituvchisi Denis Gribkov ADTI rektori M. Madazimov bilan suhbat olib bordi. Samimiy uchrashuv davomida har ikki oliy ta’lim hamkorligi, olib borilayotgan darslarning sifat darajasi, istiqbolli rejalar to‘g‘risida o‘zaro fikrlar almashildi.

Mehmonlarga institutimizda talabalarning sifatli va samarali ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, inkubatsiya va akseliratsiya markazi, simulyatsion markaz va unda talabalarning faolligi bilan yaqindan tanishtirildi.

Uch kun davom etishi rejalashtirilgan tajriba kunlarida “Tibbiyotda simulyatsiya bo‘yicha trening mutaxassis”, “Simulyatsiya mashg‘ulotlari murabbiylarini tayyorlash”, “Simulyatsiya bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini baholash” mavzularida dars jarayonlari olib boriladi. Mazkur darslarda 35 nafar klinik kafedra o’qituvchilari ishtirok etmoqda. Seminar-treningni o’tagan ishtirokchilar bu mavzularda yakunlovchi imtihonlarni topshiradilar. Imtihonlarni a’lo baholarga yakunlagan ishtirokchilarga  “Tibbiyotda simulyatsiya bo‘yicha trening mutaxassis” mutaxassisligi bo’yicha sertifikat va diplomga ega bo’ladilar.

Bugun mutaxassislar professor-o‘qituvchilar va talabalarga “Tibbiyotda simulyatsiya bo‘yicha trening mutaxassis” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdilar. Unda tibbiyotda amaliyotning ahamiyati, mulyajlar bilan ishlash tartibi, amaliyot jarayonlarida talabalarning faolligini oshirish, mavzu borasida treninglarni o‘tkazish tartib-qoidalari borasida tushunchalar berib o‘tildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!