Avval xabar berganimizdek, Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti talabalari o’rtasida “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tmoqda.
Andijon davlat universiteti «Ingliz tili fonetikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.A.Kurbanov davolash ishi, pediatriya ishi, kasb ta’limi (davolash ishi), stomatologiya, farmatsiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati yo’nalishi 2-3-kurs talabalari, oliy hamshiralik ishi 3-kurs talabalariga hamda xorijiy va qo’shni davlatlardan o’qishini ko’chirib kelgan yuqori kurs talabalariga “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiya xay’ati raisi etib tayinlandi.