Farmatsiya fakulteti taklifiga binoan, Toshkent farmatsevtika instituti kafedra professori, f.f.d. Fazliddin Jalilov Andijon davlat tibbiyot institutida bo’ldi. Mehmon fakultet dekani Sh.Bozorov hamrohligida Farmatsevtik fanlar 1,2- kafedralari mudirlari va professor-o’qituvchilari bilan birgalikda o’quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda o’zaro fikr almashdi.
Professor tomonidan fakultetning barcha kurs, yo’nalish talabalariga qiziqarli ma’ruzalar o’tildi. 1-kurs talabalariga “Mutaxassislikka kirish” fanidan farmatsiyaning oldida turgan eng dolzarb vazifalari, sohaning sir-asrorlari, farmatsevtika sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosati haqida ma’ruzasi, 2-kurs Sanoat farmatsiyasi yo’nalishi talabalari bilan muloqotda esa ishlab chiqarish jarayonlari, xorijiy tajriba va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati va dorilarining assostiment tahlili to’g’risida, 3-4-5 kurs talabalariga “Giyohvand moddalar tahlili” fanidan giyohvand moddalarning turlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari, farmakologik ta’siri va zamonaviy tahlil qilish usullari mavzularida qiziqarli va esda qolarli ma’ruzalar tashkil qilindi.
Shuningdek, Professor tomonidan talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, talabalar o’zlarini qiziqtirgan, sohaga oid savollariga javob oldilar. Ucharshuv yakunida, Andijon davlat tibbiyot instituti va Toshkent farmasevtika instituti o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.