Institut psixologi O‘.Arziqulov tomonidan talabalaridan «Tyutorlar talabalar nigohida» mavzusida so’rovnoma o’tkazilmoqda. Mazkur so‘rovnomalarni o‘tkazishdan maqsad, har bir tyutor talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini, obro‘sini hurmat qilish, ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor bo‘lish, o‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, yigit-qizlarning darslarda ishtirokini nazorat qilish, yoshlarning ota-onalari va o‘zi bilan doimiy muloqot qilib borishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’ldi.