Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan 9-fevral kuni navbatdagi tibbiy ko‘rik Ulug‘nor tumani 37-Oilaviy poliklinikasida o‘tkazildi.
Institutning 14 nafar malakali mutaxassislari tumanning Oqtom, Urganji, Darvozaqum, To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 214 nafar hamda ushbu hududlardagi 6 ta fermer xo‘jaligining 84 nafar ishchi xodimlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.
Jarayon davomida 8 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro uyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli yordam hamda bepul dori-darmon bilan taʼminlandi. Shuningdek, 8 nafar bemorlarga viloyat, 12 nafariga tuman tibbiyot birlashmasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Tibbiy tekshiruvlarda 74 ta UTT va 52 ta EKG va 72 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar maslahati berildi.