Xabar berganimizdek. “Universiada – 2022” sport musobaqalarining voleybol turi boʻyicha qizlar oʻrtasidagi final bosqichi Andijon davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtmoqda.
Bugungi oʻyinlarda ham 4 ta jamoa ishtirok etdi. Dastavval Xorazm hamda Andijon jamoalari qizgʻin kurash olib bordilar. Uchrashuvda gʻoliblik 3:2 hisobida Xorazm jamoasiga nasib etdi. Soʻngra Toshkent shahri va Samarqand viloyati qizlari bellashdilar. Unda esa 3:0 hisobida toshkentliklar gʻolib boʻlishdi.