alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“UROLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILMOQDA

15:43 25.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda GIZning “O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish” loyihasi asosida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida endourologiya mfrkazi o‘z faoliyatini olib bormoqda. GIZ tomonidan ajratilgan 130 ming yevroga zamonaviy tibbiy jihozlar keltirilgan. Endi bemorlarni kesmasdan to‘lqin orqali siydik yo‘lidagi toshlarni maydalash apparati yordamida yuqori jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Markaz asosan vodiy bo‘yicha endourologiya mutaxassislarini yetishtirib chiqaradi. Simulyatsiya markazi, o‘quv xonalari, konferensiya zallarining barchasi yuqori texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib, kursantlar uchun sohani yanada mukammal o‘rganishlariga zamin yaratmoqda.

Shuningdek, o‘quv markazda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridagi urologik jarrohlar ilg‘or jahon tajribasi, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari asosida mutaxassislar bilan birga malaka oshirmoqdalar. Vodiy aholisi uchun jahon andozalariga mos ravishda tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda va murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

Ayni damda urologiya sohasida mana shunday loyihalarni amalga oshirish, soha rivoji uchun yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, birgina respublikamiz mutaxassislari bilangina emas, xalqaro miqyosda tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “Urologik kasalliklarni davolashda innovatsion yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda Dog‘iston, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya kabi davlatlardan 15 nafar mutaxassislar onlayn tarzda, 65 nafardan ziyod respublikamizning yetakchi mutaxassislari, urolog, endourolog, onkourolog, androlog, tayanch doktorantlar, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, ordinatorlar bevosita ishtirok etmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M/Madazimov tadbirni ochib berdi va bugungi kunda institutda amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik aloqalari, o’tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlariga alohida to’xtalib o’tdi. Hozirda anjuman doirasida mutaxassislar urologik kasalliklar, ularni erta aniqlash, davolashda yangi texnologiyalarni qo‘llash, amalga oshirilayotgan ishlar samarasi borasida ma’ruzalar olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, anjuman 2 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, ertaga mutaxassislar tomonidan mahorat darslari olib boriladi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!