Voleybol sport turi qizlarning sevimli mashgʼulotiga aylanib qoldi. “Yangi turmush”, “Namuna”, “Xoʼtanariq” MFYning qizlari mazkur sport turida oʼzaro bellashdilar. Raqib jamoasiga chiroyli zarbalarni ketma-ket yogʼdira olgan “Xoʼtanariq” jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Eng qizigʼi, bu oʼyinda yigitlar ham ishtirok etib, qizlar bilan tengma-teng baxs olib bordilar.