Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti neonatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.X.Xusanova, B.E.Begmatov, D.A.Ergashbaeva, katta o‘qituvchi G.R..Adilova tahsil olayotgan kursantlar hamda Neonatologiya kafedrasi xodimlari Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbusdan biri “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan» 4-chi tashabbusga bag‘ishlab tadbir o‘tkazdilar.
Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni nishondori, oliy toifali shifokori Karim Raxmonov ma’ruza qildi va o‘zi tomonidan yozilgan “Oilangiz panohi”, “Zurriyotnoma”, “Agar erkak sen”, “Yigit dard ko‘rmasin”, “Mayus bo‘lmang erkaklar”, “Er yigitning ikkinchi yuragi”, “Salomatlik Saltanati” kabi asarlarini kafedraga esdalik sifatida taqdim etdi.
G.R. Adilova
Vrachlar malaka oshirish va qayta tayyorlash Fakulteti neonatologiya kafedrasi katta
o‘qituvchisi