Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilish, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan.
Ushbu sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Ilm – saodat kalitidir” mavzusida institut olima ayollari va iqtidorli talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, kengash a’zolari hamda olima ayollar Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, Pediatriya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor H.Xudoyberdiyeva, Gospital pediatriya kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent H.Xonkeldiyeva va iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar o‘zlarining ilmiy izlanishlar bilan bosib o‘tgan yo‘llari, qiyinchiliklar va ularning ortidan kelgan muvoffaqiyatlari haqida aytib o‘tdilar. Ilm yo‘li nihoyatda uzoq vaqtda natija ko‘rsatishi, hozirgi kunda esa ilm-fanga va u bilan shug‘ullanuvchi kishilar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi sababli ilm eshiklari yana-da, kengroq ochilayotganligi haqida so‘z yuritdilar.
O‘z navbatida, ilmiy izlanishlari natijasida yaratgan loyihalari bilan respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar, ushbu loyihalari taqdimotini ustozlar va tengdoshlariga taqdim etdilar.
Bu kabi uchrashuvlar talabalarimiz safidan yana ham ko‘p olima ayollarni yetishib chiqishlariga zamin yaratishi, shubhasiz.