- Kafedra mudiri , filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent: Firuza Invarovna Abdulhairova
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Mobil Aloqa: +998 999053799
- Email: feruza_3018@gmail.ru
- Boshchilik qilmoqda:
1955 yilda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi sifatida tashkil etilgan bo’lib, dastlab to’rt kishidan tashkil topgan. Kafedra mudiri etib Adolf Moiseevich Shnayzer tayinlangan.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Talabalarning xorijiy tillar bo’yicha og’zaki va yozma savodxonligini oshirish va tibbiyot sohasida tarjimonlikni shakllantirish muammolarini hal etishdan iborat. Asosiy tarkibdan kelib chiqib, quyidagi yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda: 1. Tarjima nazariyasi muammolari 2. Xorijiy tillarni o’qitish metodikasi
1958-yilda kafеdra mudiri etib f.f.n. dotsеnt M.G.Nordkin tayinlangan.
1990-1993 – yillarda M.S.Obidova kafеdra mudiri etib tayinlangan.
1993-2000 – yillarda E.A.Ablayev kafеdra mudiri etib tayinlangan.
2000-2002 – yillarda D.R.Jumanova kafеdra mudiri etib tayinlangan.
2002-2012 – yillarda L. U.Xodjayeva kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.
2012-2022- yillarda L.S.Xudayberdiyeva kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Yillar davomida kafеdra o’qituvchilarining safi S.S.Manabayеva, L.V.Kim, G.Yu.Asanova, L.S.Xudaybеrdiyеva. D.T.Arziyеva, B.R.Saidxanova, Z.R.Xolmirzayеva, I.A.Matvеyеva, D.N.Igamova, N.A.Mamatova, Yu.O.Ergashеva, M.X.Budikova, F.I.Abdulhairovalar hisobiga kеngaydi.
2019 – yilga kelib kafedra “Xorijiy tillar” kafedrasi sifatida ajralib chiqdi.
Yosh o’qituvchilardan O’.S.Po’latova, G.O.Yaxshiboyeva, D.I.Isroilova, Sh.No’monov,X.Y.Xusanov, A.X.Abdullayev, N.X.Qayumova, G.D.Maxmudova, G.G’ofurova, X.Abdullayeva, K.Abdurashidovalar o’z faoliyatlariga noan’anaviy usullarni kiritish bilan bir vaqtda yoshi katta hamkasblaridan pеdagogik tajriba olib, “Ustoz-shogird” maktabini tashkil qildilar va kasbiy mahoratini mukammallashtirmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda, ulardan 4 nafari ilmiy darajaga ega xodimlar.
Hozirgi kunda ADTI stomatologiya fakulteti xorijiy tillar kafedrasi deb yuritiladi. Kafedrada 16 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, ilmiy salohiyat 25% ni tashkil qiladi. Kafedrada 1 nafar fan nomzodi 3 ta PhD (Falsafa doktori) 5 ta katta o’qituvchi 7 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi. Kafedrada 7 nafar o’qituvchi PhD dissertatsiyasi, 2 nafari DcS dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqdalar.(Ilmiy ishlarning mavzulari OAK tasdiqidan o’tib e’lon qilingan). Kafedra 2023-2024- o’quv yilida 32 ta nufuzli xorijiy jurnallarda, 25 ta OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda va 60 dan ortiq xorijiy va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar chop ettirildi. Bundan tashqari 3 ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanma, 1 ta metodik qo’llanma, 6 ta ratsionalizatorlik takliflari chop ettirgan.
KAFEDRA PROFESSOR – O’QITUVCHILARI
Abdulhairova Firuza Invarovna
F.F.F.D. kafedra dotsenti, ingliz tili o’qituvchisi
Xudayberdieva Laziza Sanjarovna
F.F.F.D. Ingliz tili o’qituvchisi,dotsent
Arziyeva Dilfuza Tashlanovna
Ingliz tili katta o’qituvchisi
Matveyeva Irina Aleksandrovna
Ingliz tili katta o’qituvchisi
Mamatova Nilufar Abduxoshimovna
Ingliz tili katta o’qituvchisi
Igamova Dildora Nazirovna
Nemis tili katta o’qituvchisi
Budiqova Marg’uba Xoshimovna
Nemis tili katta o’qituvchisi
Po’latova Ug’ilxon Sobirjon qizi
Ingliz tili o’qituvchisi
Qayumova Nilufar Xotam qizi
Ingliz tili o’qituvchisi
Ergasheva Yulduz Otamirzayevna
Ingliz tili o’qituvchisi
Abdullayev Axmadjon Xasanovich
Ingliz tili o’qituvchisi
Xusanov Xolmuhammad Yormahammatovich
Ingliz tili o’qituvchisi
Maxmudova Gulchehra Dilshodbekovna
Ingliz tili o’qituvchisi
G’ofurova Gulmira Mannopovna
Ingliz tili o’qituvchisi
Abdullayeva Xurshida Ne’matjonovna
Ingliz tili o’qituvchisi
Kafedra Andijon viloyati Andijon shahri Y.Otabekov ko’chasi 1-uyda joylashgan.
- FANLAR…