alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK MUTAXASSISLAR INSTITUTDA MAHORAT DARSLARI O‘TKAZMOQDA

22:28 30.11.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalarni almashish maqsadida xorijning nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot markazlari bilan ko‘plab hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, ular doirasida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlari hamda xorijlik mutaxassislarni institutga jalb qilish kabi jarayonlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 30-noyabr kuni ham  Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universiteti Fundamental tibbiyot va biotexnologiya fakulteti professori Valeyeva Emiliya Ramziyevna hamda Ijtimoiy gigiyena mutaxassisi bo’yicha professor Stepanava Natalya Vladimirovna institutga yetib keldi.

Mehmonlarni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor B.Abdullajonov kutib oldi. Suhbat davomida xorijlik mutaxassislarning dars mashg‘ulotlari, ularni tashkil etish va o‘tkazish masalalarida kelishib olindi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mutaxassislar bugunning o‘zida ma’ruza,  mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!