alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS

14:09 08.05.2024

Jasorat ko‘rsatib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Yonimizdagi jonkuyar va fidoyi insonlar esa doimo ardog‘imizda, e’zozimizdadir.

Bugun, 8-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas”  mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan jasur va matonatli yurtdoshlarimiz ularning qahramonliklari haqida so‘z yuritdi. Xalqimizga xos bo‘lgan nuroniylarni, ustozlarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribalarini o‘rganish yuzasidan fikrlar aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, institutning faxriy ustozlari so‘zga chiqib, institutda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, tibbiyot sohasi rivojiga munosib xissa qo‘shgan marhum ustozlarni xotirladi. Hozirda jamoada birgalikda faoliyat yuritayotgan ustozlarga sog‘lik-salomatlik, sharafli va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, ular hamisha hurmat hamda ardoqda ekanliklaridan mamnunliklarini bildirdilar.

Institut rektori buyrug‘iga asosan, institutda uzoq yillardan buyon yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan faxriy ustozlar, mehnatkash xodimlar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir doirasida uzoq yillardan buyon institutda samarali faoliyat yuritib kelayotgan professor N.Mamasoliyevning tavallud kuni munosabati bilan tabriklandi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti iqtidorli yoshlari tomonidan urush yillarining azobli kunlari tasvirlangan sahna ko‘rinishlari ijro qilindi. Kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. “Andijon polkasi” esa ustozlarni ham raqsga chorladi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, barchaga maroqli hordiq onlarini hadya etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!