Diqqat, diqqat!
Biz eng tashabbuskor, faol, yaratuvchan ayollarni kashf etishga bel bog‘ladik.
Institutda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlarimizni qobiliyatlarini namoyon etishlarida ularni qo‘llab-quvvatlashdan hamisha mamnunmiz. Buning uchun siz o‘z jamoangiz bilan keling, iqtidoringizni namoyon eting va siz uchun tayyorlangan sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonning tashabbuskor ayollari” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Unda institutda faoliyat olib borayotgan barcha xodima ayollar (professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, xodimalar) ishtirok etishlari mumkin.
Buning uchun 6 kishidan iborat jamoa tuzish zarur.
Ushbu jamoalar 3 ta shart bo‘yicha bellashadi.
1-shart – Tanishtiruv. (Faoliyat olib borayotgan fakultet yoki bo‘limi, erishilgan yutuqlari tanishtiriladi) Ajratilgan vaqt 5 daqiqa.
2-shart – Milliy qadriyatlar tarannumi. (Ushbu shartda o‘zligimizni, milliyligimizni aks ettiruvchi urf-odatlar, kuy-qo‘shiqlar, milliy liboslar namoyish etiladi) Ajratilgan vaqt 10 daqiqa.
3-shart – Erkin mavzuda dolzarb muammolar, xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish borasida, tazyiq va zo‘ravonlik, gender tengligi, Respublikamizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida sahna ko‘rinish. Ajratilgan vaqt 10 daqiqa.
Jamoalarning chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi. Bunda chiqishlarning kreativliligi, ijodiy yondashuv, kiyinish madaniyatiga e’tibor qaratiladi.
Joriy yilning 4-iyun kuniga qadar jamoalar ro‘yxatdan o‘tish uchun Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Tanlov 2024-yil 6-iyun kuni o‘tkaziladi.
1-, 2-, 3-o‘rin hamda nominatsiyalar g‘oliblari moddiy rag‘batlantiriladi.