O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Yokoxama milliy universiteti bilan o‘zbekistonliklarning Universitetning stipendiya va grant dasturlarida ishtiroki bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Yaponiya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, xozirgi paytda universitetda 2022-yil oktyabr yoki 2023-yil aprel oylarida doktoranturaga kirish istagida bo‘lganlar uchun Akademik martabani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global doktorlik dasturi (Global Doctoral Program for Academic Career Support, GDACS) mavjud (batafsil ma’lumot https://www.ynu.ac.jp/english/admissions/scholarship/gdacs/).
Dastur rivojlanayotgan mamlakatlardagi universitet o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni kirish va o‘qish to‘lovlardan ozod qiladi va muvaffaqiyatli talabalar uchun oylik 100 ming yen (taxminan 1 ming AQSh dollari) stipendiyasi bilan ta’minlaydi.
Yokoxama milliy universiteti (YMU) quyidagi maktablar ushbu dasturda ishtirok etadi:
Xalqaro ijtimoiy fanlar Oliy maktabi
Muhandislik fanlari Oliy maktabi
Atrof-muhit va axborot fanlari Oliy maktabi
Shahar innovatsiyalari Oliy maktabi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1) magistraturani tamomlab, magistrlik darajasiga ega bo‘lish;
2) yuqori akademik yutuqlarga ega bo‘lish;
3) yapon yoki ingliz tillarini mukammal bilish;
4) doktorlik darajasini qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zining o‘quv muassasasiga qaytish hamda YMU va ushbu muassasa o‘rtasidagi ta’lim va tadqiqot hamkorligini rivojlantirish uchun motivatsiyaga ega bo‘lish.
Abiturientlar barcha shartlarga javob bergan taqdirda, ular kerakli hujjatlarni tayyorlashlari, bo‘lajak akademik maslahatchini topishlari va hujjatlarni topshirishlari kerak.
Hujjatlarni quyidagi veb-saytdan yuklab olish mumkin:
https://www.ynu.ac.jp/english/admissions/scholarship/gdacs/ (ingliz tilida)
https://www.ynu.ac.jp/international/accept/academic.html (yapon tilida).
Ariza topshirishning oxirgi muddati 2022–yil 13–mart.
Murojaat qilish uchun ma’lumot:
Yokoxama milliy universiteti (Yokohama National University)
Talabalar bilan ishlash bo‘limi (Student Affairs Department)
Xalqaro ta’lim bo‘limi (International Education Division)
Xalqaro qabul komissiyasi (International Admissions Office)
Adres: 79-8 Tokiwadai, Hodogaya-ku, Yokohama 240-8501
E-mail:iaoynu.ac.jp.