
Xabaringiz bor, talabalarni o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va milliy, madaniy hamda ma’naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan «Yurtim qadriyatlari» ko’rik-tanlovining respublika final bosqichi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov davomida talabalar 3 ta shart asosida, ya’ni milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar, kompozitsion musiqiy chiqishlar hamda jadidlar jasorati – millatimiz faxri mavzularida bellashdilar. Chiqishlar davomida talabalar milliy kiyimlarni o’ziga xos tarzda taqdim etishib, she’rlar, qo’shiqlar va teatr sahnalari orqali qadriyatlarimizni o‘ziga xos tarzda talqin etishdi.
Bugun, 21-may kuni mazkur tanlovning final bosqichi natijalari e’lon qilindi. Quvonarlisi,
Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi va 1-darajali diplom hamda 50 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Mazkur muvaffaqiyat bilan g‘oliblarimizni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori hamda jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz va kelgusidagi o‘qish-ishlarida omad tilaymiz!
Tasanno, deymiz sizga, “Shifokorlar” jamoasi!