Bugun, 5-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, bo’limlar va dekanatlar xodimlari hamda barcha talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini bo’yicha “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha qatnashchilarga omad hamda muvaffaqiyat tiladi.
Hakamlar hay’ati a’zolari sifatida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rector maslahatchisi G.Xolmatova, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, Xotin-qizlar boʻyicha Profilaktika inspektori G.Abduvohidova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi F.Xodjimatov ishtirok etdi.
Mazkur turnirda jami 12 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalarga mavzuga oid, mantiqiy, faktlarga asoslangan 16 ta savol taqdim etildi. Savollarga berilgan javoblarga asosan eng yuqori natijalarga erishgan jamoalar quyidagicha o‘rinlardan joy oldi.
1-o‘rinni “Adolat” jamoasi;
2-o‘rinni “Dominant” jamoasi;
3-o‘rinni “Qomus”, “Lingvist” jamoalari band etdi.
G‘oliblar joriy yilning 6-dekabr kuni o‘tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.