Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar iştirokida yoşlar örtasida kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltiriş, internet tarmoğidan xavfsiz foydalaniş hamda kiberjinoyatlarning oldini olişga qaratilgan davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasidan taşrif buyurgan professor-öqituvçilar — podpolkovnik Z. Jahonboyev, mayor A.Isaqov, Andijon viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi katta inspektori, leytenant M.Abduvoxobov, institut Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat bölimi boşliği F.Xojimatov hamda institut profilaktika katta inspektori J.Xöjayev iştirok etdi.
Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan bugungi kunda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatlar, internet firibgarligi, fişing hujumlari, soxta havolalar va ijtimoiy tarmoqlardagi xavf-xatarlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şaxsiy maʼlumotlar va bank karta maʼlumotlarini himoya qiliş;
Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar xavfsizligini taʼminlaş;
Murakkab parollardan foydalaniş va ikki bosqiçli himoyani yoqiş;
Nomaʼlum havolalar va şubhali xabarlarga işonmaslik;
Internet orqali sodir etiladigan firibgarlik holatlaridan ogoh böliş yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Özaro fikr almaşuv va hayotiy misollar asosida taşkil etilgan suhbat yoşlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Zero, bugungi raqamli dunyoda har bir fuqaroning kiberxavfsizlik qoidalarini bilişi, şaxsiy maʼlumotlarini himoya qilişi va internetdan masʼuliyat bilan foydalanişi muhim ahamiyatga ega.






