Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 -y. 9- son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 -y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019- yil 2- martdagi 214-sonli buyrug‘iga muvofiq institut Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Institutning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida institut Kengashi tashkil etiladi.
2. Kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, institut tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktori, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkiloglari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga institutning muayyan yo‘nalish muamollari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritirishi mumkin. Vakolat muddati - 5 yil.
3. Kengash tarkibi institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra, Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.
II. Kengashning maqsad va vazifalari
4. Kengashning maqsadi - institut jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
5. Institut Kengashi
- davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilandi.
- fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi akademik litseylar, institut qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek, marketing xizmatining xalq xo‘jaligi bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi.
- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni tegishli jamg‘armalar orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;
- institut iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
- “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘lig‘larini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
- xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
- institut talabari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
III. Kengash faoliyatini tashkil etish
6. Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
7. Institutning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy- ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibigai a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
8. Kengash qarorlari institut rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
9. Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi.
10. Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.
Institut Kengashi institut rektori huzurida tashkil etilgan, u Kengash raisi hisoblanadi. Kengash bu qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi (asosan tibbiy) samaradorligi va sifatini oshirishga, uni ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, institutning shtatdan tashqari ilmiy-maslahat organi hisoblanadi. Kengashning asosiy maqsadi institutda turli yo‘nalishlarda qo‘shimcha va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sifatini oshirishdir. Kengash institut ilmiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirishga, institutning ilmiy-pedagogik jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga hissa qo‘shishga chaqiradi.
Kengash faoliyati quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
- Loyihalar va tematik tadqiqot rejalarini amalga oshirishni ko‘rib chiqadi;
- Institut xodimlari tomonidan bajarilgan dissertatsiyalar mavzusini tasdiqlaydi;
-Nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalari uchun dissertatsiyalarga javoblarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shu jumladan yetakchi tashkilot sifatida;
- Uchrashuvlarni, konferensiyalarni, ilmiy-amaliy seminarlarni tayyorlash va o‘tkazishda, xodimlarning ilmiy ishlarini nashr etishda tekshiradi va ishtirok etadi;
- Institut aspirantlarining o‘quv dasturlari bo‘yicha, bir yil uchun attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglaydi, aspirantlarning dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq ilmiy ishlar bo‘yicha hisobotlarini tinglaydi, aspirantlar uchun ilmiy seminarlar tashkil qiladi;
- Ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, sertifikatlashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi;
- Boshqa ilmiy muassasalar bilan muvofiqlashtirish va ijodiy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi, Hamkorlik shartnomalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi va ular natijalarining amalda bajarilishini nazorat qiladi; Institut kafedralari o‘quv yilidagi ilmiy-texnik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi;

