Yoşlar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat prokurori Murodullo Abduhakimov, institut rektori Madamin Madazimov, talaba-yoşlar hamda mahallalardagi uyuşmagan yoşlar iştirokida “Prokuror va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi.
Dastlab, viloyat prokurori Murodullo Abduhakimov mamlakatimizda yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, mehnatsevarlik va masʼuliyat kabi fazilatlarni şakllantiriş masalalariga alohida töxtaldi.
Şuningdek, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda kelgusida öz kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bölib yetişişi borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Şundan söng institut rektori Madamin Madazimov ham sözga çiqib, yoşlarga taʼlim oliş, ilm-fan bilan şuğullaniş, kasbiy bilim va könikmalarini muntazam oşirib boriş, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş yuzasidan öz tavsiyalarini berdi. Şuningdek, yoşlarning jamiyat hayotidagi faolligi, taşabbuskorligi va kelajak oldidagi masʼuliyati muhim ekanini taʼkidladi.

Uçraşuv davomida yoşlar ham faol iştirok etib, özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza, taklif va murojaatlarini bayon etdilar.
Bildirilgan har bir taklif va murojaat masʼullar tomonidan alohida eʼtiborga olinib, kötarilgan masalalar joyida hal etildi.
Bunday oçiq muloqotlar yoşlarning muammolarini örganiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda yoşlar va masʼullar örtasida samarali muloqotni yölga qöyişda muhim ahamiyat kasb etadi.








