Yoşlar kuni doirasida Andijon viloyatida voleybol sport turini yanada ommalaştiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş hamda sportga bölgan qiziqişni oşiriş maqsadida navbatdagi sport musobaqalariga start berildi.
Joriy yilning 25–30-noyabr kunlari öquvçi-yoşlar örtasida şahar va tumanlarda “Içki işlar bölimi boşliği kubogi”, 1–4-dekabr kunlari esa oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “Andijon viloyati IIB boşliği kubogi” musobaqalari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Musobaqaning tantanali oçiliş marosimi Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasida bölib ötdi.
Tadbirda Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği, polkovnik A. Şermuxamedov, viloyatdagi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari, prorektorlari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Şuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov rahbarligidagi institut jamoasi ham mazkur tadbirda faol qatnaşdi.
Oçiliş marosimida sportning yoşlar hayotidagi örni, jismoniy faollikni oşiriş, irodali va soğlom avlodni tarbiyalaş hamda oliy taʼlim muassasalari örtasida döstona sport aloqalarini mustahkamlaşning ahamiyati taʼkidlandi.

Tantanali oçiliş marosimidan söng musobaqalarga rasman start berildi.









