Andijon davlat tibbiyot institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan samimiy maktubi mazmun-mohiyatiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.
Unda institut rektori M. Madazimov talabalar bilan uçraşib, maktubda ilgari surilgan ezgu ğoyalar, hayotiy saboqlar va yoş avlod oldidagi muhim vazifalar xususida fikr almaşdi.
Dastavval prezident maktubi öqib eşittirildi. Şundan söng mavzu borasida fikrlar almaşildi.

Suhbat davomida Vatanga muhabbat, ilm-maʼrifatga intiliş, vaqtni qadrlaş, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalaniş, ajdodlar merosiga munosib voris böliş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ayniqsa, bölajak şifokorlar uçun çuqur bilim, kasbiy masʼuliyat, insonparvarlik va xalq xizmatida böliş eng muhim fazilatlar ekani taʼkidlandi.
Şuningdek, uçraşuv davomida Oilaviy şifokorlar tayyorlaş kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Z.Salohiddinov ham talabalarga mavzu borasida öz fikrlarini bildirib ötdi.

Uçraşuv yoşlarni öz ustida tinimsiz işlaşga, tanlagan kasbiga sadoqat bilan yondaşişga va Vatan ravnaqiga munosib hissa qöşişga undaydigan samimiy muloqot ruhida ötdi.




