Andijon davlat tibbiyot instituti Davolaş işi yönalişi magistranti Muhammadiminjon Salimjonov tomonidan surunkali obstruktiv öpka kasalligini (SOOK) erta aniqlaş, kasallik rivojlaniş xavfini baholaş hamda profilaktik boşqarişga möljallangan «NafasNazorat» raqamli platformasi işlab çiqildi.
Mazkur innovatsion loyiha nafas oliş tizimi kasalliklarini erta bosqiçda aniqlaş, xavf omillarini baholaş va bemorlarni tizimli kuzatiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Platformaning asosiy imkoniyatlari:
CAT va mMRC sörovnomalari orqali bemorlarning nafas oliş bilan boğliq simptomlari va hayot sifatiga taʼsirini baholaş;
19 ballik xavf modeli yordamida SOOK rivojlaniş xavfini aniqlaş va xavf guruhlarini şakllantiriş;
Bemorlar uçun maxsus elektron panel orqali maʼlumotlarni yagona tizimda jamlaş;
Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami böğinida skrining jarayonlarini tartibga soliş va keyingi diagnostik tekşiruvlarga ehtiyojni belgilaş.
«NafasNazorat» platformasi tibbiyot xodimlariga bemorlar haqidagi maʼlumotlarni tizimli tahlil qiliş, xavf guruhlarini öz vaqtida ajratiş va kasallikning oldini olişga qaratilgan profilaktik çoralarni rejalaştirişda kömaklaşadi.
Loyihaning istiqboldagi rivojlaniş bosqiçlarida bronxodilatator sinamasidan keyingi spirometriya natijalarini platformaga integratsiya qiliş, kasallik zörayişi xavfini monitoring qiliş hamda yetarli maʼlumotlar bazasi şakllangaç, sunʼiy intellekt modulini sinovdan ötkaziş rejalaştirilgan.
Bu kabi ilmiy-innovatsion taşabbuslar tibbiyot sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, kasalliklarni erta aniqlaş va aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş yölidagi muhim qadamlardandir.


