Andijon davlat tibbiyot institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan ijodiy-ma’rifiy uchrashuv tadbirlari davomida ko‘chat ekish marosimi ham tashkil etildi.
Marosim davomida tadbir mehmonlari va institut vakillari tomonidan ko‘chatlar ekilib, hududni yanada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shildi.

Ushbu ezgu tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirish, balki yoshlar qalbida tabiatga mehr, ekologik madaniyat va bunyodkorlik tuyg‘ularini shakllantirishga ham xizmat qiladi.




