alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“AMIR TEMUR BUYUK  DAVLAT ARBOBI” MAVZUSIDA TURKUM MA’LUMOTLAR

13:35 09.04.2020

Sohibqironning hayoti va faoliyati.
 Amir Temur ibn Amir Taragg’ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag’ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo’lgan.
Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o’z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o’rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bog’lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi og’zlashtirganini ta’kidlaydi.
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mog’gg’ullar istibdodi ostida bog’lib, Chingizxon va Botuxon bosib o’tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o’zining ikkinchi o’g’li Chig’atoyxonga in’om qilgan edi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko’zga tashlanadi. Birinchi davri (1360–1385) Movarounnahrni mo’g’ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o’zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386–1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.
1360 yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda ishtirok eta boshladi va Mog’gg’uliston hukmdori Tugg’luq Temurxon, uning og’gg’li Ilyosxo’jaga qarshi kurashlardan so’ng, Amir Husayn ustidan g’alaba qozongach, 1370 yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo’ldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi.
Amir Temur taxtga og’tirgach, Chig’atoy ulusining barcha yerlariga o’zini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg’ona vodiysini, Xorazmni o’z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada, Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keldi. Sohibqiron sog’nggi yillarda Eron, Iroq, Kavkazorti mamlakatlari, Hindiston, Oltin O’rda va Turkiya bilan bo’lgan janglarda g’olib chiqib, saltanat hududini sharqda Xitoy devoriga qadar, g’arbda O’rta yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.

ADTI yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!