alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya Federatsiyasining Stavropol davlat tibbiyot universitetida normal fiziologiya fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada faxrli 2-o‘rinni egalladilar

10:10 12.04.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti  normal fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, dotsent   A.G.Hudayarova  boshchiligida  davolash fakulteti 2-kurs talabalari G.Solijonova, K.Najmiddinova, M.Usmonov, E.To’rayev hamda farmatsiya yo’nalishi 1-kurs talabasi  M.Mirzahanovalar Rossiya Federatsiyasi  Stavropol davlat tibbiyot universitetida Normal fiziologiya fanidan oliygohlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli  ishtirok etdilar.


Mazkur xalqaro olimpiadada Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan iborat “Sharq yuragi” jamoasi bor bilim va mahoratlarini ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoa 2-darajali diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.



Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ushbu xalqaro olimpiadada alohida o‘rnak ko‘rsatib, faol ishtirok etganligi uchun Stavropol davlat tibbiyot universiteti rektori V.I.Koshel Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovga “Tashakkurnoma” yo‘lladi.

Shu o‘rinda biz ham g‘olib jamoani bu yuksak g‘alaba bilan muborakbod etib, muvaffaqiyatlari davomli bo‘lishini tilab qolamiz.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!