alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Bolalar uyida Yangi yil bayramini o‘tkazishdi

13:29 17.12.2019

Bolalar Bayramlarni yaxshi ko‘rishadi. Ayniqsa, Yangi yil bolar uchun eng sevimli bayram hisoblanadi. Yangi yil munosabati bilan kattalar tomonidan beriladigan har qanday sovg‘a bolajonlar uchun unutilmas lahazlarni bahsh etadi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Mashrabjon Naumonov, Baxtiyorjon Razaqov, Davolash fakulteti Murabbiylar kengashi raisi Bekmirza Toshpo‘latovlar davlash fakulteti 111 A-, B-guruhlar talabalari bilan birga Yangi yil munosabati bilan Andijon viloyat bolalar uyiga tashrif buyurdilar.  Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasini Bolalar uyi bosh shifokori Dilorom Sattarova samimiy kutib oldi. Bolajonlar esa mehmonlarning tashrifidan behad quvonishdi.

Qorbobo, Qorqiz va boshqa ertak qahramonlari qiyofasidagi talabalar bayramoldi tadbirida qo‘shiqlar ijro etishdi, bolajonlar bilan raqsga tushishdi. O‘zlarining “bobojon”lari sifatida qabul qilishgan o‘qituvchilar esa bolalar bilan uzoq “o‘ynashdi”, har bir bolakayga Yangi yil sovg‘alarini taqdim etishdi.

Bolalar Bayramlarni yaxshi ko‘rishadi! Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Bolalar uyida Yangi yil bayramini zo‘r ko‘tarinkilik bilan nishonlashdi!

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!