alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti limfologlari faoliyatining yuqori xalqaro baholanishi

13:25 28.05.2019

Har yili Rossiya Federatsiyasida Rossiya xalqaro limfologlar uyushmasining  ishtirokida ilmiy forum bo’lib o’tadi. Ushbu forumda Andijon davlat tibbiyot institutining olim-limfologlari faol ishtirok etadilar. Odatda, ular plenar yig‘ilishlarda nutq va ma’ruzalar o‘qiydilar, 50 yillik ish tajribalarini namoyon qiladilar.


So’nggi ikki yil mobaynida Andijon olimlarining faoliyati Limfologlar  assotsiatsiyasi tomonidan yuksak baholandi. 6-7-  ilmiy konferensiyalarda -“Limfa-2018” va “Limfa-2019” ilmiy-amaliy anjumanlarida professor S.S.Jumabaev (vafotidan keyin) va professor E.S.Jumabaev “Limfologiyaga hissa qo’shganligi uchun” mukofotiga loyiq deb topildi.


Bu taqdirlash Andijonlik tibbiyot olimlarining limfologiyani rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini  yuksak darajada e’tirof etish hisoblanadi.


Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!