alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti: Masofaviy ta’lim jarayoni xususida fikrlar

13:12 09.04.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida Moodle o‘quv jarayoni http://e-univer.adti.uz/  platformasi orqali boshqarilmoqda.
Talabalar bilan ish olib borayotgan oftalmologiya kafedrasi assistenti Nodiraxon To‘xtarova masofaviy ta’lim jarayoni xususida quyidagi fikrlarni bildirdi:
– Men pediatriya fakulteti 5-kurs 505- ,506-, 507-, 508-guruhlar talabalarining masofaviy darslarda ishtirokini nazorat qilib bormoqdaman. Guruhlardagi jami 47 nafar talabaning barchasi o‘zlari biriktirilgan professor-o‘qituvchilar bilan bog‘lanib mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda va berilgan vazifalarni bajarishmoqda. Mashg‘ulotlarning ma’ruzalari talabalarga video, audio ma’ruzalar, taqdimot shaklida etkazilmoqda.

O‘qituvchilarimiz tomonidan berilgan vaziyatli masalalarga talabalar masofavyi ta’lim asosida olgan bilmi va ko‘nikmalari asosida javoblar berishmoqda. Ayni paytda yo‘nalishim bo‘yicha kursimga belgilangan dars rejasini tamomlash arafasidaman.
Andijon davlat tibbiyot institutida 1-apreldan ishga tushirilgan masofaviy ta’lim tizimi talabalarning katta e’tiborini qozondi.
Institut professor-o‘qituvchilari “I-EDU Group” korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlangan 699 Gega bayt hajmdagi 118 mingta  o‘quv-uslubiy hujjatlar, jumladan, o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, video, audio ma’ruzalar, taqdimot, test savollar o‘zining aniqligi va qiziqarli bilan talabalarning bilimlarini boyitishda alohida ahmiyat kasb etmoqda.
– Talabalar mavzularni mukammalroq tushinib etishlari uchun video ma’ruzalarga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi “I-EDU Group” korxonasi rahbari Ulug‘bek Mirzalimov. – Ayni paytda institut professor-o‘qituvchilarining video ma’ruzalarini ko‘paytirish borasida ishlar olib bormoqdamiz.

Kuzatishlarimiz bo‘yicha aytmoqchimanki, platformaga kiruvchilar kechki soatlarda ko‘payamoqda, talabalar biz yuborgan ma’lumotlarni ko‘proq kechki paytlarda – internet tarmog‘i yaxshi ishlaydigan paytlarda yuklab olishmoqda. – deya o‘z so‘zini yakunladi U.Mirzalimov.

Mavzular yuzasidan talabalarning bilim va ko‘nikmalari onlayn  tarzda test tizimi orqali baholanadi. Shuning uchun, aziz talabalar, e’tiborli bo‘ling, masofaviy ta’lim jarayonidan unumli foydalaning.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!