alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari respublika onlayn video selektorda ishtirok etishdi

15:02 11.04.2020

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan respublika onlayn video selektor o‘tkazildi. Unda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining rahbariyati, jumladan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov, davolash fakulteti dekani B.Mamatov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

Onlayn video selektorda Prezident davlat maslahatchisi yordamchisi O.Q.Abduraxmanov, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori X.A.Aqilov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori A.M.Xodjiboyev va boshqalar ayni paytda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida shakllantirilgan simulatsion markazda anesteziologiya, reanimatologiya, pul’manologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha trenerlar tayyorlash va kelgusida bu trenerlar tomonidan tumanlardagi vrachlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlar olib borish yuzasidan fikrlar, takliflar bildirildi.

Onlayn muloqot davomida mavzu yuzasidan viloyatlardagi mutaxassislar tomonidan berigan savollar muhokama qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!