alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  volyontyorlik harakatida

12:55 11.04.2020

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ko‘ngillilar –  volyontyorlar harakatida ish olib bormoqdalar. Ular koronvirus bilan kasallangan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan insonlarni aniqlash va ularni karantin zonasiga olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarda ishtirok etishmoqda.

Ayni vaqtgacha guruh a’zolari Andijon shahri va Andijon tumanidagi 70 dan ziyod xonadonlarda epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazishdi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishdi.

Volyontyorlar guruhi a’zolari o‘zlari biriktirilgan hududlarda viloyat sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi xodimlari, hududiy Oilaviy poliklinkalarning xodimlari hamda MFY jamoatchilik ishlari  bo‘yicha mas’ullari, ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda aholining niqob rejimida bo‘lishlari, zarurat bo‘lmasa uyda qolishi, agarda kasallik belgilari aniqlansa zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlari xususida tushuntirish ishlari olib bormoqdalar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!