alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining viloyat aholisi va tibbiyot xodimlariga murojaati

10:50 19.07.2020

Hurmatli va aziz yurtdoshlar!
Bugun O‘zbek xalqining bag‘rikeng, sahovatli, mard va tadbirkor xalq ekanligi haqida so‘z yuritishning aslo xojati yo‘q. Koronavirus pademiyasi sharotida o‘zbek xalqining hamjihat, sabr-matonatli ekanligi haqida dunyo xalqlari yana bir bor e’tirof etib bo‘lishdi. Dunyoning yirik davlatlari ham ojiz qolayotgan pandemiyaga qarshi kurashda xalqimiz o‘zning qudratli kuchini ko‘rsatib turibdi. Hukumatimiz va shaxsan prezidentimiz Shavkat Miromonovich rahbarligida koronovirus bilan kurashda xalqimiz yakdil ish olib bormoqda. Davlatimiz rahbari har bir chiqishida pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi-yangi taklif, tashabbuslarni o‘rtaga tashlamoqda. So‘nggi chiqishlarida bu masalaga to‘xtalar ekan, hozirgi pandemiya sharoitiga mos eng kuchli, eng ta’sirchan vositalarni ishga solish zarurligini ta’kidladilar. Prezidentimiz:
– Bu kurashda davlat va xususiy tibbiyot tizimi, barcha idoralarning doimo safarbar holatda bo‘lishi va samarali ishlashi, shifokorlarning fidoyiligi, xalqimizning ongliligi bizning asosiy qurolimiz bo‘lishi shart. Faqat tezkor va muntazam safarbarlik, temir intizom, tibbiy madaniyat, yuksak onglilik bilangina biz bu ofatga qarshi kurasha olamiz, – dedi kuyinib.
Davlatimiz rahbarining mazkur da’vatiga javoban, Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari koronavirus pandemiyasi sharoitida ko‘ngilli volonterlar sifatida viloyatimizning barcha shahar tumanlariga chiqib aholiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat bilan chiqamiz! Shifokorlik qasamyodimizga asosan, xalq bizning – tibbiyotchilarning yordamiga muhtoj bo‘lib turgan bu vaziyatda “tomoshabin bo‘lib turishga” hech birimizning haqqimiz yo‘q!
Fidoiylik kasbini tanlagan aziz hamkasblar – shifokorlar, hamshirlar, tibbiyot o‘quv dargohi professor-o‘qituvchilari, pandemiya sharoitida barchangizni xalq bilan birga bo‘lishga chaqiramiz!
O‘ziga bek bo‘lgan xalqimizni esa karantin talablariga rioya qilgan holda uylarida qolishga chaqiramiz! Biz siz bilanmiz! O‘zbek xalqi karonavirusni hamjihatlikda yengadi! Har bir sinovdan birgalikda g‘alaba bilan o‘tamiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!