alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Rektor Madaminjon Mo‘minovich Madazimovning institut jamoasiga MUROJAATI

09:32 25.04.2020

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz talaba yoshlar!
Hozirda nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo aholisi boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazmoqda. Mamlakatimizda 2020-yil 15-mart kuni, dastlabki kornavirus bilan kasallangan bemor aniqlanganidan boshlab, Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida kechiktirib bo‘lmaydigan, tizimli  ishlar amalga oshirildi. Ularning negizida yagona maqsad – yurtimizda sanitariya epidemiologik osoyishtalikni saqlash, aholi salomatligini ta’minlash, kirib kelgan koronavirusni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini belgilash alohida ahamiyat kasb etdi.
Pandemiya sabab bugun O‘zbekiston butunlay boshqacha hayotni kechirmoqda. Garchand hamma joyda karantin sharoiti joriy etilgan bo‘lsada hech bir muassasa, korxona yoki tashkilotda ish to‘xtab qolgani yo‘q.
Dastlabki kunlardanoq institutning malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti bazasida Farg‘ona vodiysi shifokorlari uchun qisqa muddatli “Koronavirusga qarshi kurashchilar” epidemiologlar, infeksionistlar, reanimatologlar tayyorlash masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar Namangan viloyatidan 57 nafar, Farg‘ona viloyatidan 20 nafar va Andijon viloyatidan 318 nafar shifokorlar hamda 360 dan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari tayyorlanib karantin hududlariga yuborildilar. Bundan tashqari Andijon viloyatining karantinga olingan davolash profilaktika muassasalariga xamda axoli yashayotgan xududlarga viloyat koronavirusga qarshi kurashish shtabining qaroriga asosan institut rektori va barcha prorektorlar ma’sul etib belgilandilar. Ular ushbu ob’ektlarda va axoli punktlarida saqlanayotgan fuqarolar uchun zarur shart sharoitlar yaratish, karantin tartib qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini nazorat qilish xamda epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda faol ishtirok etmoqdalar.
Aziz hamkasblar, bugungi vaziyat ziyolilardan, yurtimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarning ta’lim tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan ikki xissa jonbozlik ko‘rsatishni talab qilmoqda. Chunki mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning talaba va o‘quvchilarga yo‘llagan murojaatidan so‘ng, ularning: “Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o‘tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o‘zlashtiring. Kitob o‘qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, – degan so‘zlari ta’sirida masofaviy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortdi.
Andijon davlat tibbiyot institutida ham 2020-yil 1-apreldan masofaviy ta’lim tizimi ishga tushirildi.
Shunga qadar “I-EDU Group” malakaliy xalqaro mutaxassislari bilan birgalikda 2 hafta ichida 699 Gega bayt hajmdagi 118 mingta  o‘quv-uslubiy hujjatlar shundan sohaga oyid 17 ming nomdagi o‘quv adabiyotlari, 30 ming nomdagi o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, 2451 dona videoma’ruzalar, 802 ta audio ma’ruza, hamda 13 mingta taqdimot, 80 ming dona test savollar bankijoylashtirish ishlari yakunlandi.
Bugungi kunda, 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan 4320 nafar bakalavrlarga hamda  387 nafar magistrlarga mavjud 540 ta fandan masofaviy va mustaqil ta’lim olish orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlari uchun sharoit yaratildi.
Bundan tashqari talabalarni samarali ta’lim olishi uchun telegram botlari, youtube kanalida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  media portaliga video ma’ruzalar, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn ma’ruzalar joylashtirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 13-aprelidan 20-apreligacha institut bitiruvchilari, bundan bakalavriatda 9 ta fan, magistraturada 19 fan va ordinatura bitiruvchilariga 29 ta fandan test shaklida online Yakuniy davlat Attestatsiyasi o‘tkazildi. Bitiruvchilarning barchasi yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganliklari sababli yakuniy davlat attestatsiyalarini muvofaqiyatli topshirdilar. Bugungi kunda 909 nafar institutimiz bitiruvchilari vodiy viloyatlari tibbiyot muassasalarida o‘z faoliyatlarini boshladilar.
Hozirgi kunda Respublikamizning Oliy ta’lim muassasalarida online  tarzda vebinarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmokda. Anjumanda ishtirok etish uchun ZOOM dasturi yordamida online ravishda berilgan havola (ssilka) orqali belgilangan vaqtda  kanalga ulanib, faol qatnashib kelmoqdalar.
Institutda 2020-yil 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan talabalar va yosh olimlarning “Tibbiyotning dolzarb muammolari” nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumanida o‘z ilmiy izlanishlar bilan masofaviy 38 ta ma’ruzalari bilan ishtirok etgani tayyorlanmoqdalar.
Internet tizimida respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy jurnallari portali 2019-yilda ishga tushirilgan. Mazkur tizimdagi 41 ta ilmiy jurnallarda maqolalarni xalqaro talablar asosida taqrizdan o‘tkazish va platformaga joylashtirish tizimi https://uzjournals.edu.uz/ manzilda joriy etilgan. Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, professor-o‘qituvchilarimiz maqolalarini e’lon qilishda ushbu tizimdan unumli foydalanmoqdalar.
Yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi paytda 24 nafar tayanch doktorant va 43 nafar mustaqil izlanuvchilar har biri ilmiy rahbarlari bilan faoliyatlarini masofadan turib davom ettirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Guvohi bo‘lib turibmizki,  jamoamiz faoliyati yangicha sharoitda ishlashga moslashtirilgan va har bir yo‘nalishda qizg‘in ishlar olib borilmoqda. Bugungi sinovli kunlarda talabalarimizning uylarida institut muxitini yaratish ularni eng zamonaviy bilimlarini o‘zlashtirishi, o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari va izlanishlari uchun yetarli sharoit yaratish kun tartibidagi birinchi masalaga aylangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda institutimiz professor-o‘qituvchilari bor kuchi, bilimi va salohiyatini ishga solib yuqori natija va samaralarga erishishiga ishonamiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!