alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori talabalar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

12:06 02.07.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining 1-5-kurs talabalari bilan o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda institut prorektorlari, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Onlayn uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov boshqarib bordi.

Onlayn uchrashuvda  Andijon davlt tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov talabalarni 2019/2020 o‘quv yili yakunlari bilan tanishtidi. Jumladan, institut jamoasi, talabalarning erishgan yutuqlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, institut saytiga joylashtirilgan o‘quv, ilmiy adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar haqida so‘z yuritdi.

Onlayn uchrashuv davomida rektor yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar, ochilishi ko‘zda tutilayotgan yangi yo‘nalishlar  haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, talabalarga chet tillarini o‘rganishlari zarurligi ta’kidladi va yakunlangan o‘quv yilida turli olimpiadalarda g‘oliblikka erishgan, nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lgan talabalarni alohida e’tirof etib o‘tdi.

Onlayn uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov talabalarga yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, o‘quv jarayonidagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Samimiy muloqot davomida talabalar ham o‘quv jarayoni, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuvda institut rektori talabalar bilan onlayn ta’lim jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, muammolarni muhokama qildi.

Qizg‘in onlayn muloqot institut rahbariyati uchun ham talabalr uchun ham samarali bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati     

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!