alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot institutida “COVID-19: etiopatogenezi, diagnostikasi, asoratlarini davolash va profilaktikasi” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

12:48 24.07.2020

Onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya, Belorussiya, Ukraina,  Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi. Xorijiy mutaxassislar ishtirokini e’tiborga olgan holda konferensiya rus tilida olib borildi. Uni Andijon davlat tibbiyot instituti innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov olib bordi.


Konferensiyada dastlab Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov so‘z olib konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi, o‘tkazilayotgan “COVID-19: etiopatogenezi, diagnostikasi, asoratlarini davolash va profilaktikasi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya koronavirusga qarshi kurashda alohida ahamiyatga ega bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Onlayn konfernsiyada yetuk mutaxassislar tomonidan “COVID 19 ga chalingan bemorlarini olib borishga kardiologlarni jalb qilinishi”, “COVID 19 pandemiya davrida qandli diabet bilan xastalangan bemorlarni olib borish xususiyatlari”, “COVID infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashning o‘ziga xos xususiyatlari”, “COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘pka va plevra urgent sonografiyasi”, “COVID-19: dunyodagi va O‘zbekistondagi holat” kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.


– Xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy konferensiyalar dunyoning nufuzli tibbiyot muassasalari olimlarini koronovirusga qarshi kurash maqsadida birlashtirmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan o‘tkazilayotgan bugungi konferensiyada ham dunyo olimlari tomonidan koronovirusga qarshi olib borilayotgan ishlar tahlil etilmoqda, – dedi konferetsiya ishtirokchilaridan biri kordiolog, Andijon davlat tibbiyot instituti dotsenti R.N.Yuldashyev


“COVID-19: etiopatogenezi, diagnostikasi, asoratlarini davolash va profilaktikasi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya dolzarb mavzusi bilan respublikamiz va dunyoning ko‘plab yetuk mutaxassilarni o‘ziga jalb etdi. Konferensiya ishini 150 dan ziyod ishtirokchilar onlayn ravishda kuzatib bordilar.


Ishtirokchilarning alohida e’trofiga ko‘ra, Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!