alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot institutida koronavirus infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan zahira kadrlar tayyorlash davom etmoqda

14:45 09.04.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi 5537- sonli Farmoyishini va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 22-martadagi 77-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov buyrug‘i bilan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tibbiyot xodimlari  – shifokorlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlarini koronavirusga qarshi kurashish uchun zaxira mutaxassis sifatida o‘qitish vazifasi institut Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  professor-o‘qituvchilari zimmasiga yuklatildi. Bu o‘qitish jarayoniga ADTIning yukumli kasalliklar kafedrasi  mudiri, dotsent D.Mirzakarimova va kafedra xodimlari ham jalb etildi.

Zahira mutaxassislar tayyorlashni, avvalo Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilaridan va Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining yuqumli kasalliklar shifoxonalari xodimlaridan boshlandi.
O‘qish jarayoni 23 mart kunidan hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Hozirga qadar jami 641 nafar vrachlar, 525 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 364 nafar kichik tibbiyot xodimlarini koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha alohida ishlab chiqilgan qisqa muddatli Dastur asosida o‘qitildi. Darslar tasdiqlangan Dastur, yani 18 soatlik Mavzuiy malaka oshirish davrasi sifatida olib borilayapti. 7-aprelga qadar institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyatidan 204 ta vrach, ulardan 83 tasi infeksionist, 89 tasi reanimatolog, 16 tasi epidemiolog va 16 tasi virusolog sifatida tayyorlandi. Undan tashqari, Andijon viloyatining 70 nafar o‘rta tibbiet xodimlari va 35 nafar kichik tibbiyot xodimlari ham koronavirusga qarshi kurashish qoidalari bilan onlayn – telegramm orkali tanishtirildilar.
Namangan viloyatining 94 nafar vrachlari, jumladan, 31 nafari infeksionist, 39 nafari reanimatolog, 5 nafari epidemiolog, 5 nafari virusolog va 14 nafari vrach-laborant sifatida o‘qitildi. Namangan viloyatining 46 nafar o‘rta tibbiet xodimlari va 40 nafar kichik tibbiyot xodimlari ham 3 kunlik davrada o‘qitildi.
Farg‘on viloyati uchun 22 nafar vrach,  ulardan 16 nafari infeksionist, 2 nafari epidemiolog, 2 nafari virusolog va 2 nafari vrach-laborant sifatida o‘qitildi. Fargona viloyatining mutaxassislarini keyinchalik TTAsi Farg‘ona filialiga biriktirildi.

7-apreldan 3 kunli MMO davrasiga Andijon viloyatining 267 nafar vrachi, 287 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 256 nafar kichik tibbiyot xodimlari, hamda 95 nafar ADTIning bitiruvchi magistrlari o‘qishga jalb kilingan. Shu bilan bir qatorda Namangan viloyatining 55 nafar vrachlari, 91 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 10 nafar kichik tibbiyot xodimlari ham 18 soatlik davraga jalb qilinib o‘qitilayapti.
Bugun,  yani 9-apreldan davra tamom bo‘ladi va biz yangi davra shakllantirishda davom etamiz.

X.X.Tursunov

ADTI VMO va QTF dekani

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!