alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijon davlat tibbiyot institutining yangi binosi talabalarni qabul qilishga tayyor

18:37 11.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining salohiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Joriy yil Andijon davlat tibbiyot institutida taxsil olish istagida bo‘lgan yoshlarning soni ikki baravardan ortdi.





Talabalar sonining otganligi munosabati institut moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va rivojlantirish maqsadida o‘quv binolari, talabalar turar joyi binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli Qaroriga asosan  A.Fitrat ko‘chasi 2-o‘quv-laboratoriya binosi  2019-yil rekonstruksiya qilish  va yangi  400 o‘rinli bino qurilish ishlari belgilangan bo‘lib, 2019-yil aprel oyida tender tanlovlari asosida  “Azimut stroy” MCHJ korxonasi bilan 16 mlyard 607 million so‘mlik shartnomalar tuzilib, qurilish rekonstruksiya ishlari olib borildi.




Ayni paytda instituning yangi binosi talabalarni qabul qilishga tayyor holga keltirilmoqda.

ADTI moliya bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!