alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Andijonda bayramga xos xushxabar!

08:53 11.05.2020

9 may kuni Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarning 23 nafari koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga viloyat hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari boshchiligida kuzatib qo‘yildi.
Sog‘ayganlarning barchasi bundan bir necha kun ilgari kasallik yuqtirib olgan 8 nafar erkak va 15 nafar ayol fuqarolar edi. Ularning eng yoshi chaqaloq, eng yoshi ulug‘i 60 yoshga kirgan onaxon.

Sog‘ayib reabilatatsiyaga yo‘l olganlarning 12 nafari Andijon shahridan, 4 nafari Andijon tumanidan, 2 nafari Paxtaobod tumanidan, Asaka, Jalaquduq, Oltinko‘l va Shahrixon tumanlaridan 1 nafardan hamda 1 nafar chet davlat (Qirg‘iziston) fuqarosi.
Endilikda Andijonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 158 nafarni tashkil etib, umumiy kasallangan bemorlarning 95 foizdan ziyodini tashkil etmoqda, bugungi kun holatiga shifoxonada 8 nafar bemorlar davolanmoqda.

Nasib etsa yaqin kunlarda fidoiy shifokorlarimizning tunu-kun mehnatlari evaziga barcha bemorlarimiz shifo topib, o‘z oilalari bag‘riga yo‘l oladilar.
Andijonliklar uchun G‘ALABA kuni yaqin!

 Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!