alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

ANDIJONDA YANA 8 NAFAR BEMOR SOG‘AYDI

08:39 22.04.2020

Darddan forig‘ bo‘layotgan insonlar quvonchi koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotganlarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlamoqda. Bu kabi xushxabarlar esa dunyoni tahlikaga solayotgan koronavirus infeksiyasi bilan samarali kurashish mumkinligi, hatto, g‘olib bo‘lish imkoni borligini ko‘rsatmoqda. Bunda hal qiluvchi zarbani berish, shubhasiz, tibbiyot xodimlarining zimmasida. Qahramon shifokorlarimiz esa ushbu vazifani sharaf bilan bajarishayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Jumladan, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlardan 5 nafari Andijon shahridan, 3 nafari Jalaquduq tumanidan. Ulardan 4 nafari erkak bo‘lsa, yana 4 nafari ayollardan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 13 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 21 nafarga etdi.
21 aprel xolatiga mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 269 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!