alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

«AVITSENNA IZDOSHLARI» JAMOASINING YUTUG’I

16:43 22.05.2019

2019-yil 14-16- may kunlari Qozog’iston Respublikasi  Olma-ota shahridagi Qozog’iston milliy tibbiyot universitetida Jarrohlik va morfologiya yo’nalishida xalqaro fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Mazkur  olimpiadada Andijon davlat tibbiyot institutining «Avitsenna izdoshlari» jamoasi  ishtirok etib qaytdi.

Jamoaning Ziyaev Ilyosmirzo, Rustamjonov Abdurashid, Xatamova Gulshoda, Nurmatova Mashxura, Ko’ldasheva Gulshoda, Nishonov Sardor singari a’zolari  sinovlarda faol ishtirok etib, jamoa hisobida faxrli 3-o’rinni egalladilar.  Olimpiadada 4 davlatdan: Rossiya Federatsiyasi, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston  Respublikalaridan 13 ta jamoa qatnashdi.


Kelgusida ushbu xalqaro olimpiadani  o’tkazish estafetasi   Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!