alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda volontyorlik harakati alohida o‘ringa ega

14:17 15.04.2020

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda koronvirus bilan kasallangan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan insonlarni aniqlash va ularni karantin zonasiga olish juda muhim.


Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari ko‘ngillilar –  Volontyorlar harakatida koronvirus bilan kasallangan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan insonlarni aniqlash va ularni karantin zonasiga olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarda faol ishtirok etishmoqda.


Volontyorlar guruhi a’zolari, jumladan, umumiy jarroxlik kafedrasi  assistentlari Shohrux Mirzo Ziyayev, Xusnidin Usmonov,  patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi assistenti Sodiqjon Mamajonov, davolash fakulteti Murabbiylar kengashi raisi Bekmirza Toshpo‘latovlar o‘zlari biriktirilgan hududlarda viloyat sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi xodimlari, hududiy Oilaviy poliklinkalarning xodimlari hamda MFY jamoatchilik ishlari  bo‘yicha mas’ullari, ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda aholining niqob rejimida bo‘lishlari, zarurat bo‘lmasa uyda qolishi, agarda kasallik belgilari aniqlansa zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlari xususida tushuntirish ishlari olib bormoqdalar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!