alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

MILLATLARARO TOTUVLIK VA BAG‘RIKENGLIK – SHIORIMIZ

11:30 06.11.2018

 2018-yil  6-noyabr kuni  ADTI  ilmiy kengashlar zalida  “Diniy  bag‘rikenglik va  millatlararo  totuvlik g‘oyalari” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.

        Davra suhbatini institut yoshlar  bilan ishlash bo‘yicha  prorektor  P.Asxanov  ochib, o‘zbek millati, o‘zbek halqi tushunchalari, bularning kelib chiqishi, mamlakatimizdagi  millatlararo totuvlik  va bag‘rikenglik siyosati  xususida gapirib o‘tdi.  Talabalarga  tinch-totuv hayot  va  o‘zaro hamjihat yashash va mehnat qilish asosida   katta yutuqlarga  erishish, yirik strategik maqsadlarni  amalga oshirish   barqaror  rivojlanish  – sivilizatsiyaning garovi ekanligi   tushuntirildi. Prezidentimiz  tomonidan  olib borilayotgan  oqilona siyosat  tufayli   madaniy-ma’rifiy  va boshqa ishlab chiqarish kabi sohalarda  o‘zaro almashinuv hamda  birdamlik kun sayin mustahkamlanib borayotganligi  quvonarlidir.

        Ezgu niyatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan   tadbirda davolash fakulteti dekani o‘rinbosari U.Karimov, institut psixologi O‘.Arziqulovlar so‘zga chiqib. millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik  dolzarb   mavzu ekanligi haqida  fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘z navbatida talabalar ham  azaldan bag‘rikeng va  mehmondo‘st  xalqning  avlodlar ekanliklarini e’tirof etib,  turli millatlar bilan bir tan,bir jon bo‘lib  yashash   oliy maqsad ekanligini  bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!