alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Mini-futbol bo‘yicha viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi

08:34 13.03.2020

Yoshlarni bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli o‘tkazish xamda  ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talabalar  o‘rtasida  mini-futbol  sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, viloyat oliy ta’lim  talabalari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, 5 ta muhim tashabbusga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish  va shaklllantirish  maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori tashabbusi bilan mini-futbol bo‘yicha viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat universiteti , Andijon Mashinasozlik instituti va Toshkent Agrar universiteti Andijon fialining  terma jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqa Andijon davlat tibbiyot instituti  sun’iy qoplamali maydonida o‘tkazildi.

Kesin kurashlar ostida o‘tgan bahsda 1-o‘rinni ADU, 2-o‘rinni ADTI, 3-o‘rinni,AndMI va 4-o‘rinni ToshAU Andijon filiali jamoalari egallashdi.

Final bosqichida ishtirok etib I, II,III- o‘rinni egallagan jamoalar Andijon davlat tibbiyot rektori tomonidan  estalik sovg‘alari va I,  II,  III– darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

ADTI axborot xizmat

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!