alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

MUXBIR X.DALIYEVGA RADDIYA

16:48 11.07.2020

Andijon Davlat tibbiyot instituti rahbariyati Telegram kanalingizdagi ma’lumotga ko’ra Sizga shuni ma’lum qiladiki, 2019/2020 o‘quv yili uchun Farg‘ona viloyati Quva tumani, Mustaqillik M.F.Y., Navro‘z ko‘chasi, 444-uyda yashovchi A.Xatamov Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya yo‘nalishiga va Farg‘ona viloyati Quva tumani, Sufi M.F.Y., Obod ko‘chasi, 25-uyda yashovchi M.Toirovlar Andijon davlat tibbiyot instituti davolash yo‘nalishiga o‘qishga konkursda qatnashish maqsadida Farg‘ona politexnika institutida tashkil etilgan qabul komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tish davomida ma’lumotlarni DTM bazasiga kirituvchi ma’sul operator tomonidan maqsadli kvota e’tiborga olinmasdan kiritilgan va buni abiturientlar xam tushunmagan xolda o‘z imzosi bilan tasdiqlab bergan (aslida abiturient qayd varaqasiga kiritilgan ma’lumotlarni to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rib imzo qo‘yishga shaxsan o‘zlari ma’sul bo‘lgan). Natijada, test natijalariga ko‘ra A.Xatamov va M.Toirovlar yuqori ball to‘plashiga qaramasdan to‘lov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va hozirda A.Xatamov Andijon Davlat tibbiyot instituti stomatologiya yo‘nalishi 1-kursida, M.Toirov Andijon Davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 1-kursida taxsil oldilar. Vaholangki, A. Xatamov to‘plagan (167,7) ball va M.Toirov to‘plagan (168,4) ball bilan grant asosida talabalikka tavsiya etilishlari mumkin bo‘lgan.
Shunga ko‘ra, bu ikki nafar talaba Farg‘ona shahri ma’muriy sudiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishgan. Mazkur ish yuzasidan (Farg‘ona shahar, Quva tumani va Toshloq tumanlaridagi) olib borilgan bir nechta sud jarayonida manfaatdor shaxs sifatida Andijon Davlat tibbiyot instituti qabul komissiyasi ma’sul kotibi va ma’sul operatorlari sud chaqiruviga ko‘ra sud majlislarida ishtirok etganlar.
Bu masala yuzasidan Andijon Davlat tibbiyot instituti talabalari A.Xatamov va M.Toirovlarga va ularning ota-onalariga, sud jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” gi PK-4359-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova – 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil, 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida” gi 393-son qarori asosida o‘qishga qabul qilinishi bo‘yicha amalga oshirilishi va ushbu kabi masalalar faqat Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshirilishi mumkinligi, bu borada Andijon Davlat tibbiyot instituti hech qanday vakolatga ega emasligi qayta-qayta tushuntirilgan.
Yuqoridagilarga asosan hozirda Davlat komissiyasining Andijon Davlat tibbiyot institutida to‘lov kontrakt asosida taxsil olayotgan talabalar A.Xatamov va M.Toirovlarni davlat granti asosida o‘qishga o‘tkazilishi bo‘yicha qarori mavjud emas.
Andijon Davlat tibbiyot institutiga nisbatan asossiz va tahlil etilmagan axborotlarni tarqatish maqsadga muvofiq emasligini bildiramiz.

Andijon Davlat tibbiyot instituti ma’muriyati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!