alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Qorin churralariga bag‘ishlangan talabalar ilmiy-amaliy anjumani

15:20 13.12.2018

Jarrohlik va urologiya kafedrasida t.f.n., dotsent U.Usmonov rahbarligida 2018 yil 11 dekabr kuni davolash fakultetining 633-636-guruh talabalari bilan birgalikda “Qorin churralari” mavzusida rus tilida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanni kafedra mudiri, professor F.N.Nishonov ochib berdi.

Anjuman davomida ishtirokchi talabalar qorin churralarining bugungi kunda ko‘p uchraydigan turlari, ularning kelib chiqish sabablari, klinikasi va diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari hamda bugungi kunda jarrohlikda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil to‘xtaldilar.

Anjumanda talabalar boshlovchi, muxbir, fotomuxbir, tasvirchi, montajchi, jarroh, bemor, ekspert sifatida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Anjuman so‘ngida kafedra tomonidan talabalarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!