alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Ta’ziyanoma

12:09 27.01.2020

Ulug’ ustozimiz Toshkent davlat stomatologiya instituti “Tibbiy biologia va gistologiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori  Akram  Yuldashevich Yuldashev 2020-yil 26-yanvar kuni 75 yoshida olamdan o’tdi.
Ustozning ilm-fanga qo’shgan hissasi institutimiz rektori M.M. Madazimov tomonidan yuksak baholanib, 2019-yilda ustozga “Faxriy professor” unvoni berilgan edi.
Ustoz ilmiy rahbarligi ostida “Anatomiya va klinik anatomiya” kafedrasida ko’plab ilmiy ishlar amalga oshirilgan edi.  Jumladan, “Noqulay sharoit omillarining bolalar organizmiga ta`sirini davolash va profilaktikalash uchun IRID-mahalliy probiotiki asosida sut maxsulotlarini ishlab chiqarish” nomli megaloyihasi asosida 3 ta PhD va 1 ta magistrlik dissertatsiyasi tayyorlanayotgan edi.
Ustozning barcha shogirdlari nomidan Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri Z. Kaharov ustozning oila a`zolari va Stomatologiya instituti jamoasiga chuqur hamdardlik bildiradi.
Ustoz  qalbimizda mangu yashaydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!