O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i hamda 2021-yil 19-avgust kunidagi 2/10-44 sonli xatida belgilangan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2021-yil 20-avgust kungi 258-T sonli “Talaba va ish beruvchilarni bir-biriga bog‘lovchi Karyera markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan “Karyera markazi” tashkil etildi.
2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayon 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektorining 2022-yil 25-aprel kungi 120-T sonli buyrug‘iga asosan “Karyera markazi” tarkibida “Kovorking ofisi” markazi tashkil etildi va faoliyat olib borilmoqda.
“Karyera markazi” bo‘limi xodimlari tomonidan institutda talabalarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan ta’minlash bo‘yicha har yili bo‘limning yillik ish rejasiga asosan institutda tahsil olayotgan talabalarning umumiy balansi shakllantirilib boriladi.
Institutda fakultetlar va yo‘nalishlar talabalari bilan reja asosida Andijon viloyati hokimi hamda institutimiz rektori tomonidan doimiy ravishda uchrashuvlar olib boriladi. Barcha fakultetlar va yo‘nalishlar talabalari orasida so‘rovnoma o‘tkaziladi.
O‘qishdan ajramagan holda ishlash istagini bildirgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi, institutning har bir fakulteti, yo‘nalish va kurslar kesimida ishlayotgan talabalar ro‘yxati tuziladi.
Viloyat bandlik bosh boshqarmasi va Andijon shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda shahar tashkilotlari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari har oyda aniqlanib, institut veb-saytiga va talabalarga ma’lumotlar berib boriladi.

