Korrupsiyaga qarshi kurash va “Komplayns nazorat” bo‘limi
Andijon davlat tibbiyot institutida ochiqlik, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish bo‘limning asosiy vazifalaridan biridir.
Agar Sizga Andijon davlat tibbiyot instituti, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalarida qonunchilik buzilishiga doir holatlar yoki institut xodimlarining noqonuniy harakatlari ma’lum bo‘lsa, institutning “Ishonch telefoni” orqali xabar berishingiz mumkin.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar murojaatlari haftaning barcha kunlarida 24 soat davomida qabul qilinadi. Murojaatlarda institut xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar haqida xabar berish mumkin.
Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi. Berilgan ma’lumotlar sir saqlanadi.