Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga talabgorlar diqqatiga!
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholash bo‘yicha USLUBIY KO‘RSATMA ishlab chiqildi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada:
ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash talablari;
taqdimotni taqdim etish tartibi;
ilmiy tadqiqot ishini baholash mezonlari;
talabgorlar uchun muhim tavsiyalar va talablar
haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga hujjat topshiruvchi talabgorlardan mazkur uslubiy ko‘rsatma bilan diqqat bilan tanishib chiqishlari so‘raladi.
📎 Batafsil ma’lumotlar quyidagi rasmda keltirilgan.













