Andijon davlat tibbiyot institutida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish istagida bo‘lgan izlanuvchilar uchun hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz.
Malakaviy imtihonlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹 Pediatriya
🔹 Akusherlik va ginekologiya
🔹 Xirurgiya
🔹 Bolalar xirurgiyasi
🔹 Xalq tabobati
🔹 Profilaktik tibbiyot
🔹 Ichki kasalliklar
🔹 Endokrinologiya
📅 Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 1-noyabr!
📑 TOPSHIRILISHI LOZIM BO‘LGAN HUJJATLAR RO‘YXATI:
1️⃣ Andijon davlat tibbiyot instituti rektori nomiga yozilgan ariza.
2️⃣ Pasport nusxasi — 1 dona.
3️⃣ Ma’lumotnoma (obyektivka).
4️⃣ Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi — 1 dona.
5️⃣ Ilmiy mavzu tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi bayonnomasidan ko‘chirma yoki mavzu OAK Byulletenida chop etilgan bo‘lsa, uning nusxasi.
6️⃣ Boshqa oliy ta’lim muassasasidan qatnashayotgan talabgorlar uchun aloqa xati.
7️⃣ Talabgorning minimum anketasi (lotin yozuvida).
8️⃣ Boshqa oliy ta’lim muassasalaridan qatnashayotgan talabgorlar uchun qabul buyrug‘idan ko‘chirma.
Quyida na'munalar bilan tanishishingiz mumkin:
⚠️ MUHIM ESLATMA!
Malakaviy imtihon topshirish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq, hujjatlar belgilangan muddatda topshirilishi shart. 2026-yil 1-noyabrdan keyin taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
✅ Barcha talabgorlarni hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlashga va belgilangan muddatga qadar topshirishga chaqiramiz!


